» » O‘zbekiston energetika vazirligi va USAID o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston energetika vazirligi va USAID o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi


27-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonda energetika sektorini qo‘llab-quvvatlash sohasi bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Alisher Sultonov va USAID administratori yordamchisi o‘rinbosari Xavyer Pyedra tomonidan imzolandi.

Memorandumga muvofiq, tomonlar sherikligi energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energetikadan foydalanish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyo energetika bozoridagi ishtirokiga doir loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Hozirgi kunda o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etayotgan “Kelajak energiyasi”, “Energetik aloqalar”, “Markaziy Osiyoning mintaqaviy elektr energiyasi bozori” singari hamkorlikdagi loyihalar ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli investitsiyaviy aloqalarning yorqin namunasi bo‘lib, mintaqaning yaxlit elektr energiyasi tarmog‘i, yoqilg‘i-energetika manbalarining yagona bozorini yaratishga xizmat qilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy elektr energiyasi bozorini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Mamlakatga Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan elektr energiyasi importi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondan esa Afg‘oniston davlatiga elektr energiyasi eksport qilinmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining hamohang faoliyatini ta’minlashga qaratilgan loyiha nihoyasiga yetmoqda.

Xavyer Pyedra CAREM doirasidagi ishlar Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, xususan O‘zbekistonning ishonchli va ancha arzon elektr energiya manbalaridan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilganini qayd etdi.

“USAID tomonidan zarur chora-tadbirlarni joriy etish va mamlakatingizga investitsiya jalb etish imkonini beruvchi tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Hamkorlikdagi faoliyatimiz davomida toza energiya ishlab chiqarish, ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, O‘zbekiston xalqi uchun energetika tizimini barqaror rivojlantirish diqqat markazimizda bo‘ladi. Bu energiyani oqilona taqsimlash va ko‘p jihatdan atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish imkonini beradi”, — dedi Xavyer Pyedra.

Imzolangan memorandum yangi, iqtisodiy jihatdan maqbul, integratsiyalashgan elektr energiyasi bozorini yaratishda mintaqaning beshta mamlakatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan CAREM — “Markaziy Osiyo mintaqaviy elektr energiyasi bozori” loyihasini amalga oshirish yo‘lidagi yaqin hamkorlikning ibtidosi bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют