» » Shavkat Mirziyoyev va Fransua Olland bir-birini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Fransua Olland bir-birini tabrikladi


O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fransiya prezidenti Fransua Olland tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, tabrikda shunday deyiladi: “Aloqalar o‘rnatilganining birinchi kunlaridanoq hamkorlikning barcha sohalarida — ham siyosiy, ham iqtisodiy va madaniy jabhalarda mustahkamlanganligini qayd etish bugun meni quvontiradi”.

Fransua Olland o‘tgan davr mobaynida Fransiya va O‘zbekiston do‘stona munosabatlar o‘rnatishga erishganligini ta’kidladi.

Fransiya Prezidenti “ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan sherikchilikning yuqori darajasi keyingi o‘n yilliklar davomida doimo rivojlanishi”ga umid bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Fransua Olland nomiga yo‘llagan maktubida qayd etganidek “Fransiyaning 1992-yil yanvar oyida O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan tan olgani, shuningdek, uning mustaqil rivojlanishi va suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlaganini biz alohida qadrlaymiz”.

O‘zbekiston Prezidenti “Fransiya bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibning barcha masalalari bo‘yicha, avvalo siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalarda samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, savdo, investitsiya va yuqori texnologiyalar, turizm, korxonalarimizda ilg‘or korporativ boshqaruv metodlarini kiritish jabhalarida aniq dasturlar va loyihalarni ilgari surishga O‘zbekiston sodiq” ekanligini tasdiqladi.

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarini chuqurlashtirish va uning o‘zaro hurmat, tenglik va ishonch tamoyillariga asoslangan poydevorini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma faoliyatni bundan keyin ham davom ettirish”ga ishonch bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют