» » Farg‘onada MIB xodimiga 2000 dollar pora taklif qilgan gaz ta’minoti korxonasi xodimi qo‘lga olindi

Farg‘onada MIB xodimiga 2000 dollar pora taklif qilgan gaz ta’minoti korxonasi xodimi qo‘lga olindi


Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limi tomonidan Tog‘liq qishlog‘i hududida joylashgan ko‘p sonli aholi xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirish jarayonida tuman gaz ta’minoti korxonasi xodimi O‘.X. qonunbuzar shaxslarga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga MIB tuman bo‘limi xodimi A.T.ga 2000 dollar miqdorida pora taklif qilgan. Shu kunning o‘zida 500 dollar, ertasiga yana 1500 dollar olib kelib berishini aytgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

25-fevral kuni bildirgi asosida MIB viloyat boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘.X. MIB xodimi A.T.ga MIB Toshloq tuman bo‘limi binosida 300 AQSh dollari va 1,5 million so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki tergovga qadar tekshirishda O‘.X. 2018-yil dekabr oyida Tog‘liq ko‘chasida yashovchi 54 nafar fuqaroning yashash uylarini hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga ulab berganligi, buning evaziga har bir xonadondan 100 ming so‘mdan pul olganligi, biroq hech qanday hujjat rasmiylashtirib bermaganligi aniqlandi.

O‘.X. 26-fevral kuni yozgan “pushaymonlik arizasi”da aholidan yig‘ilgan 5 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi, hozirda qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon va aybiga to‘liq iqrorligini, qonun doirasida yengillik berishlikni so‘ragan.

27-fevral kuni mazkur holat yuzasidan gaz ta’minoti korxonasi xodimi O‘.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik), 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Toshloq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют