» » Lola Karimova-Tillayeva sevimli nonushtasi haqida so‘zlab berdi

Lola Karimova-Tillayeva sevimli nonushtasi haqida so‘zlab berdi


Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasi orqali sevimli nonushtasining retsepti bilan bo‘lishdi.

“Bugungi suhbatimiz mavzusi nonushta haqida. Nonushta qilish quyidagi sabablarga ko‘ra juda muhimdir: Inson organizmi uyqudan keyin qayta tiklanishi kerak; nonushta qilgan inson kun davomida kamroq kalloriya iste’mol qiladi; diqqat va xotirasi yaxshilanadi; tana keyingi ovqatlanish vaqtiga qadar tinch ishlaydi.

Mening nonushta paytida sevib tanovul qiladigan ovqatim bu kechga uvitilgan suli yormasi, ya’ni ovsyankadir. Buning uchun xom suli yormasini, olma va tozallangan kungaboqar yoki qovoq urug‘i, turli yong‘oqlar, sarig‘ mayiz, va sut (bodom, soya yoki suli yormasidan tayyorlangan sut) va maydalangan dolchin (koritsa) kerak bo‘ladi.

Bir yarim stakan suli yormasiga, to‘rtdan bir stakan pista, to‘rtdan bir stakan turli yong‘oq mag‘izlari kerak bo‘ladi. Men o‘z retseptimda tozallangan qovoq va kungaboqar urug‘lari, tabiiy keshyu, maydalab to‘g‘ralgan yarimta katta olma, va to‘rtdan bir stakan mayiz ishlataman.

Birinchi quruq mevalar aralashtiriladi, so‘ng olma qo‘shiladi va aralashtirilgandan keyin chuqur idishga joylashtirilib ustidan sut quyiladi; butun aralashma sut bilan qoplanishi kerak. Ustidan koritsa sepsangiz ham bo‘ladi.

Men koritsani yaxshi ko‘raman, u yallig‘lanishga qarshi yaxshi vosita bo‘lib, antioksidant xisoblanadi; qonda qand darajasini normallashtiradi, va yurak faoliyatiga foydali. Men to‘rtdan bir choy qoshiq koritsa qo‘shaman.

Bo‘tqani yopiq konteynerda kechqurun xolodilnikda qoldiraman. Ertalab esa nonushtam tayyor, va bu vaqtimni ham tejaydi.

O‘zingizga kerakli qismini olib, qolganini ertasiga ham qoldirshingiz mumkun. Koritsa qo‘shilgan suli yormasi xolodilnikda bir haftagacha saqlanishi mumkin.

Bu nonushtaning siri shundaki kechga uvitilgan xom suli yormasi barcha foydali moddalarni o‘zida saqlab qoladi va oshqozondagi yaxshi bakteriyalarga oziqa bo‘ladi. Bu bakteriyalar baxt gormoni xisoblangan serotoninni ishlab chiqaradi.

Shunday qilib, sog‘lom nonushta kayfiyatingizni ko‘tarishi mumkin. Yoqimli ishtaha!”, — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют