» » GM Uzbekistan Tracker va Malibu avtomobillari uchun foizsiz muddatli to‘lovni 2 yilga uzaytirdi

GM Uzbekistan Tracker va Malibu avtomobillari uchun foizsiz muddatli to‘lovni 2 yilga uzaytirdi


Xabaringiz bor, GM Uzbekistan AJ va “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini bir yilga muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmat ishlab chiqqan edi. Bu haqda “Daryo”ga GM Uzbekistan AJ Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.

Kompaniya ko‘p sonli xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda foizsiz to‘lov muddatini ikki yilga uzaytirdi. Shuningdek kirib kelayotgan bahor ayyomlari munosabati bilan aksiyaning amal qilish muddati ham 2019-yilning 21-mart kuniga qadar uzaytirdi.

Endilikda xaridor 215 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega.

Shartnoma tuzilgan vaqtda “O‘zagrosug‘urta” mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5 foiz miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2 foiz miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Shunda avtomobillar uchun sug‘urta to‘lov summasi quyidagicha bo‘ladi:

Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)

Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)

Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)

Malibu Turbo — 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Qayd etilishicha, aksiyada faqat dilerlarda mavjud bo‘lgan ushbu modeldagi avtomobillar ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют