» » Paxtachi tumanidagi maktabda YoChT fani o‘qituvchisi o‘quvchini urdi. O‘quvchining talog‘i yorilgan

Paxtachi tumanidagi maktabda YoChT fani o‘qituvchisi o‘quvchini urdi. O‘quvchining talog‘i yorilgan


23-fevral kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani 2-umumta’lim maktabining Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi D.B. maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ni urib tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati natijasida J.X.ning talog‘i yorilib ketgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, J.X. maktabga forma bilan kelmagani uchun maktabning yoshlar yetakchisi A.G‘. o‘quvchining boshiga lineyka (jadval tayoq) bilan urgan. Voqea aynan shundan boshlangan. Shundan so‘ng maktab o‘qituvchisi D.B. ham uni urgan. Biroq D.B. nima sababdan J.X.ni urganligi hozircha noma’lum.

“Daryo” o‘quvchining kaltaklanishi holati bo‘yicha Samarqand viloyati IIBga murojaat qildi. Ushbu murojaatdan so‘ng viloyat IIB holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 15:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют