» » APLda navbatdagi iste’fo: Klaudio Ranyeri ishdan haydaldi

APLda navbatdagi iste’fo: Klaudio Ranyeri ishdan haydaldi


 “Fulhem” bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

“Fulhem” Angliya premyer liga doirasida “Sauthempton”ga mag‘lub bo‘lgandan so‘ng (0:2) klub rahbariyati Ranyeri bilan shartnomani bekor qildi va uni iste’foga chiqardi.

Ranyeri “Fulhem” sobiq murabbiyi Slavisha Yokanovich klubni tark etganidan so‘ng 2018- yilning noyabr oyidan London klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa APLda 16 ta uchrashuv o‘tkazdi va 12 ochko to‘pladi.

“Fulhem”ni esa jamoa sobiq yarim himoyachisi Skott Parker vaqtincha boshqarib turadigan bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют