» » O‘zbekistondagi 1220 ta bolalar bog‘chasida kutubxonalar tashkil etiladi

O‘zbekistondagi 1220 ta bolalar bog‘chasida kutubxonalar tashkil etiladi


O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 1220 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 50 nomdagi kitobni o‘z ichiga olgan kichik kutubxonalar tashkil etiladi. Bu haqda, Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Kutubxonalarda o‘zbek xalq ertaklari, bolalar uchun hikoya va she’rlar to‘plamlari o‘rin oladi. Kitob materiallari adabiy qahramonlar qayd etilgan daraxtlar va boshqa maxsus ramzlar yordamida bo‘limlarga ajratiladi.

3—6 yoshdagi bolalar kitob bilan muloqot qilishi uchun tarbiyachilar ular bilan birgalikda mutolaa qiladi, o‘qilganlar to‘g‘risida suhbatlar tashkil qilib, tushunarsiz so‘zlarga izoh beradi, adabiy kechalar va tematik kitob ko‘rgazmalari uyushtiradi.

Loyiha muassasaning ichki imkoniyatlari mablag‘lari hamda homiylar jalb qilish hisobidan amalga oshiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют