» » Serxio Ramos Chempionlar Ligasining 2 ta o‘yinidan chetlatildi

Serxio Ramos Chempionlar Ligasining 2 ta o‘yinidan chetlatildi


UEFA tartib-intizom qo‘mitasi “Real” sardori Serxio Ramos ishi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Ramos ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Shunday qilib, Ramos Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Ayaks”ga qarshi kechadigan javob uchrashuvini hamda “Real” musobaqaning chorak finaliga chiqadigan bo‘lsa, mazkur bosqichning dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Ispaniyalik futbolchi Chempionlar Ligasi nimchorak finalining “Ayaks”ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvida sariq kartochka bilan jazolangan edi (2:1). UEFA futbolchi musobaqaning chorak finali oldidan kartochkalardan holi bo‘lish uchun ataylab qo‘pollik qildi, deb topdi va shunday qarorga keldi.

Ramos, shuningdek, 1500 yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Agar shunday holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, Ramos yana bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют