» » Guaydo hibsga olinishi to‘g‘risidagi tahdidga qaramay Venesuelaga qaytishni va’da qildi

Guaydo hibsga olinishi to‘g‘risidagi tahdidga qaramay Venesuelaga qaytishni va’da qildi


O‘zini Venesuelaning vaqtinchalik rahbari deb e’lon qilgan parlament spikeri Xuan Guaydo 4-mart kuni Karakasga qaytishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, u va uning oila a’zolariga tahdid qilinmoqda, xususan qamoq jazosi bilan ham. Boshqa tafsilotlar berilmagan. 28-fevral kuni Guaydo Braziliyaga tashrif buyurgan va u yerda prezident Jair Bolsonaru bilan uchrashgan, juma kuni u Paragvayga borishni rejalashtirmoqda.

“Biz Venesuelada demokratiya tiklanishi bilan bog‘liq harakatlarimizni tan olgan mamlakatlar bilan demokratiyani tiklashda davom etamiz”, —deb yozadi Guaydo o‘z Twitter’ida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют