» » Farg‘onada Kasaba uyushmasi yordami bilan xodim ishga qayta tiklandi

Farg‘onada Kasaba uyushmasi yordami bilan xodim ishga qayta tiklandi


26-fevral kuni Farg‘ona viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasining bosh yuristkonsulti lavozimidan noqonuniy bo‘shatib yuborgan Ya.Ergashyev ishga qayta tiklandi. Bu haqda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga murojaat qilib, ishga tiklashda amaliy yordam so‘ragan.

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi fuqaro Ya.Ergashyevni mehnat shartnomasini bekor qilishi to‘g‘risida ogohlantirgan. Lekin, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasiga fuqaro Ya.Ergashyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik so‘rab kiritilgan taqdimnomaga rad javobi berilishiga qaramay fuqaro Ya.Ergashyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi munosabati bilan bekor qilingan.

Farg‘ona viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan fuqaro Ya.Ergashyevning qonuniy haq-huquqlarini tiklash maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga ishga tiklash va bekor yurgan kunidan ishga tiklangunga qadar o‘rtacha oylik ish haqi to‘lab berish to‘g‘risida da’vo ariza kiritilgan.

Natijada fuqaro Ya.Ergashyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq bekor qilinib, majburiy bekor yurgan vaqti uchun 4 million 844 ming so‘m ish haqi undirib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют