» » Toshkent viloyatida 2 oy ichida 5 ta turistik obyekt foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyatida 2 oy ichida 5 ta turistik obyekt foydalanishga topshirildi


Toshkent viloyatida joriy yilning dastlabki 2 oyida 2 ta mehmonxona, 2 ta sanatoriy va 1 ta dam olish maskani foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2018-yilda viloyatga 3 million 500 mingdan ziyod, jumladan, 550 mingdan ortiq chet ellik sayyoh tashrif buyurgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yillarga nisbatan bir necha barobar ko‘pdir.

Prezidentning 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil bo‘layotir. Xususan, mazkur qarorda har yili xostellar va mehmon uylari tashkil qilish dasturini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda mamlakatning har bir yirik shahrida xostellar va mehmon uylari tarmog‘ining mavjud bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

– Viloyatda 68 mehmonxona, 14 sanatoriy, 4 xostel, 6 dam olish maskani, 3 sport bazasi, 3 klinika, 40 mehmon uylari faoliyat yuritmoqda, – deydi Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti bo‘lim boshlig‘i M.Barakayev. – Mazkur maskanlar kuniga 4 ming 600 ga yaqin sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Ayni paytda 62 mehmonxonada qurilish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, 300 ga yaqin oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda viloyatda sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va turini ko‘paytirish, mehmonxona, sanatoriy, xostel, kemping, dam olish maskanlari, mehmon uylari va axborot markazlari tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilning dastlabki 2 oyida Chirchiq shahri va Qibray tumanida 2 sanatoriy, Qibray tumanida 2 mehmonxona, Bo‘stonliq tumanida dam olish maskani faoliyati yo‘lga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют