» » Jondorda parrandachilik loyihasi bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev parrandalarni kasalliklardan ishonchli himoya qilish zarurligini ta’kidladi

Jondorda parrandachilik loyihasi bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev parrandalarni kasalliklardan ishonchli himoya qilish zarurligini ta’kidladi


Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jondor tumanidagi “Jondor chinor chorva” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan parrandachilik majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buxoro viloyatida parrandachilikni rivojlantirish maqsadida intensiv texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Natijada tuxum va parranda go‘shti ishlab chiqarish hajmi ortmoqda. Bugungi kunda viloyatda parrandalar 3,8 million boshga, tuxum ishlab chiqarish 347,7 million donaga yetdi.

Parhez go‘sht ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish maqsadida “Jondor chinor chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyati Niderlandiyadan go‘sht yo‘nalishidagi naslli parranda olib keldi.

Endi korxona negizida qo‘shimcha ravishda parranda go‘shtini qayta ishlash sexi, 110 ming bosh jo‘ja o‘stirishga mo‘ljallangan majmuani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati 15 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha natijasida parranda go‘shti tayyorlash 2 ming tonnaga yetkazilib, uning ming tonnasi qayta ishlanadi.

Aholiga 18 million dona tuxum, 1 million dona jo‘ja yetkazib beriladi. Mahsulot eksport ham qilinadi. Jami 285 ish o‘rni yaratiladi.

Prezident korxonaning rentabelligiga e’tibor qaratdi. Parrandalarni kasalliklardan ishonchli himoya qilish, xorijdan olib kelinayotgan ozuqa mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют