» » Vladivostok shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi

Vladivostok shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi


2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marosimda Primorye o‘lkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ishtirok etdi. U bilan savdo-iqtisodiy, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

Shu kunning o‘zida Primorye o‘lkasi administratsiyasi binosida Bosh konsulxonaning rasmiy ochilish tadbirlarida ishtirok etgan ishbilarmon doiralar va sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va turistik salohiyati haqida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют