» » “Latsio”—“Roma”, “Napoli”—“Yuventus”. A Seriya 26-tur o‘yinlari anonsi

“Latsio”—“Roma”, “Napoli”—“Yuventus”. A Seriya 26-tur o‘yinlari anonsi


1-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki o‘yinida Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi safarda “Kalyari” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

2-mart, shanba kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” jamoasi “San Siro”da “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga 22:00 da start beriladi.

Shu kuni tur markaziy o‘yinlaridan biri Rimda kechadi. Rim derbisida “Latsio” klubi “Roma” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin tungi vaqt bilan 00:30 da boshlanishi belgilangan.

Turning so‘nggi bahsida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi mehmonda Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” bilan jang qiladi. To‘qnashuv 00:30 da boshlanadi.

25-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

26-tur bahslari

1-mart, juma

2-mart, shanba

3-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют