» » Trampning maxsus buyrug‘i bilan uning kuyovi o‘ta maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ldi

Trampning maxsus buyrug‘i bilan uning kuyovi o‘ta maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ldi


2018-yilda AQSh prezidentining katta maslahatchisi va kuyovi bo‘lgan Jarud Kushner Donal Trampning shaxsiy buyrug‘idan so‘ng o‘ta maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Tramp bunday topshiriqni Oq Uy xodimlari apparati rahbari Jon Kelliga bergan, u esa buyruq haqida boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga yetkazgan. O‘sha paytda Oq Uyning maslahatchisi lavozimida ishlagan Don MakGan ichki yozishmalarda Trampning buyrug‘i unda, shu jumladan Markaziy razvedka boshqarmasida ham xavotir uyg‘otganini ta’kidlagan.

Yanvar oyida esa Tramp o‘zining kuyoviga maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqini berishda ishtirok etmaganini ma’lum qilgan. Kushnerning advokati Ebb Louell esa uning mijozi maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqini olish uchun barcha kerakli jarayonlardan o‘tganini aytgan.

Kushner 2017-yilning may oyida prezident maslahatchisi bo‘lgan. Unda yetarli darajada ruxsatnoma bo‘lmaganligi sababli maxsus xizmat vakillarning Tramp uchun o‘tkazadigan brifinglarida qatnasha olmagan. Yanvarda NBC telekanali Kushnerga ruxsatnoma berilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют