» » Shavkat Mirziyoyev Namangandagi yetakchi diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Namangandagi yetakchi diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida ANAMED diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Neyrojarrohlik, nevrologiya, kardiologiya, urologiyaga ixtisoslashgan ushbu markaz General Electric, Siemens va boshqa kompaniyalarning ilg‘or diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Malakali kadrlar jamoasi shakllantirilgan. Bu borada Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiyadagi yetakchi diagnostika markazlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Bir guruh shifokorlar ushbu mamlakatlarda malaka oshirib qaytgan. Hindiston va Rossiyadan tajribali shifokorlar ishga jalb etilgan.

Hozir bu yerda o‘ttizdan ortiq kishi ishlaydi. Shu oyda statsionar va fizioterapiya bo‘limlari foydalanishga topshirilishi bilan yana ellikdan ziyod yangi ish joyi yaratiladi.

Davlat rahbari kasalliklarni davolagandan ko‘ra, ularning oldini olish zarurligini, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va kasalliklarni erta aniqlash uchun bunday diagnostika markazlari muhimligini ta’kidladi.

Shu yerda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Namangan viloyati axborot-kutubxona markazini modernizatsiya qilish va kitobxonlik madaniyatini oshirish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Unga muvofiq, viloyatda yana 50 ta mahallada kutubxona, 12 ta zamonaviy ko‘chma kitob do‘konlari barpo etish, 4 ta “Bibliobus” faoliyatini yo‘lga qo‘yish rajalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev aholiga kitoblarni qulay tarzda yetkazib berish, Namanganda yashab o‘tgan atoqli alloma va adiblarning asarlarini nashr etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Namangan shahrining Yuksalish mahallasi hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar va hududni rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Mahalla yonida 80 gektarlik kichik sanoat zonasi tashkil etilishi, bu yerda 7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Hyundai avtomobil zavodi ham shu hududda barpo etiladi.

Davlat rahbari Namangan shahrini zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida yanada obod qilish, aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha rejalar, Asadulla Xo‘jayev ko‘chasidagi bo‘sh turgan bino o‘rnida IT park tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Prezident shahar markazida barpo etilayotgan “Afsonalar vodiysi” bog‘i qurilishi bilan ham tanishdi. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahonda o‘xshashi kam bo‘ladigan mazkur bog‘ viloyatning tashrif qog‘oziga aylanadi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют