» » Toshkentdagi Muqimiy—Bunyodkor chorrahasining ochilishi Navro‘z arafasiga qoldirildi

Toshkentdagi Muqimiy—Bunyodkor chorrahasining ochilishi Navro‘z arafasiga qoldirildi


Bunyodkor ko‘chasida Muqimiy ko‘chasi uzra o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan yopilgan Muqimiy—Bunyodkor chorrahasining ochilishi Navro‘z bayrami arafasi kunlariga qoldirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi ma’lum qildi.

Kompaniya axborotida chorrahaning aynan qaysi sanada ochilishi aniq aytilmagan. Chorrahaning ochilishi “ma’lum ishlarning davom etayotganligi hamda xavsizlikni ta’minlash maqsadida” qoldirilgan.

“Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Mavzuga doir: Toshkentda qurilish: Bunyodkor—Muqimiy chorrahasida qad rostlayotgan ko‘prik. “Daryo” fotoreportaji

“Darakchi.uz”ning Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatiga asoslanib xabar berishicha, chorraha ehtimol 15-mart kuni ochilishi mumkin, lekin bu aniq emas.

Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi 11-fevralda yopilgan va dastlab 23-fevralgacha yopiq bo‘lishi aytilgan edi. Keyinroq chorrahaning ochilishi avvaliga 1-martga, so‘ng 10-martga qoldirildi.

Chorraha uzra qurilayotgan olti polosali, uzunligi 900 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Novza” metro bekati oldida qad rostlayotgan ko‘prik qurilishi bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют