» » Pentagon AQShning Rossiyadagi Avangard gipertovushli raketasining parvoz vaqtini hisoblab chiqdi

Pentagon AQShning Rossiyadagi Avangard gipertovushli raketasining parvoz vaqtini hisoblab chiqdi


AQSh Mudofaa vazirligi Rossiyaning Avangard gipertovushli raketasini Qo‘shma Shtatlar hududiga yaqinlashtiradigan vaqtni hisoblab chiqdi, deya xabar beradi “MK.ru”.

General Terrence O’Shonessi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa chorak soatda Amerikaning chegarasiga yetib boradi.

Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaasini boshqaruvchi generalning so‘zlariga ko‘ra, “Avangard” va yadroviy bo‘lmagan raketalar Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida raketaga qarshi to‘siqni buzib o‘tib ham nishonga tegishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasining yangi qurollarining yuqori aniqligi harbiy kosmik mudofaa tizimining radar qamrovidan tashqari ham zarba berish imkonini beradi.

Severodvinsk sinfidagi dengiz osti kemalari va Arktikadagi suv kemalari Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun xavf tug‘diradigan raketa komplekslari bilan jihozlangan.

Tu-95 va Tu-160 bombardimonlari tez-tez Amerika chegaralari yonida uchib “o‘zining yadroviy salohiyatini” namoyon etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют