» » Bundesliga. “Borussiya D” yutqazib qo‘ydi, “Bavariya” esa bugun o‘ynaydi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” yutqazib qo‘ydi, “Bavariya” esa bugun o‘ynaydi (video)


1-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 24-tur bahslari boshlandi.

Turning dastlabki uchrashuvida musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Dortmund “Borussiya” klubi mehmonda “Augsburg” bilan bellashdi.

O‘yinda Chi Don Vonning 24 va 68-daqiqalarda kiritgan goliga mehmonlar Fransisko Alkaserning 81-daqiqada kiritgan goli bilan javob qaytardi (1:2).

Shu tariqa dortmundliklar safarda “Augsburg”ga kichik hisobda taslim bo‘ldi (1:2) va 3 ochkoni qo‘ldan boy berdi.

2-mart, shanba kuni turning markaziy o‘yini “Borussiya Park” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Diter Heking qo‘l ostidagi “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi Niko Kovach boshliq “Bavariya” klubi bilan kurashga kirishadi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” musobaqa jadvalida 51 ochko to‘plagan holda ikkinchi hamda “Borussiya Myunxengladbax” esa 43 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

Bundesliga

24-tur bahslari

1-mart, juma

Gollar: 1:0 — 24 Chi Don Von, 2:0 — 68 Chi Don Von, 2:1 — 81 Alkaser

“Augsburg”: Kobel, Shmid, Danso, Hedira, Stafilidis (Teygl, 17), Xan, Chxol, Bayer (Gyotse, 89), Maks, Von (Dordova, 83), Gregorich

“Borussiya D”: Byurki, Hakimi, Akanji, Zagadu, Diallo, Vitsel, Delaney (Alkaser, 66), Sancho, Roys (Gerreyru, 66), Bruun Larsen (Filipp, 76), Gyotse

Ogohlantirishlar: Xan (84), Gerreyru (84), Hakimi (90).

2-mart, shanba

3-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют