» » Toshkentdagi qonunbuzar MChJdan salkam yarim milliard so‘m bojxona to‘lovlari undirildi

Toshkentdagi qonunbuzar MChJdan salkam yarim milliard so‘m bojxona to‘lovlari undirildi


Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga doir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentda faoliyat ko‘rsatuvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga qo‘shni mamlakatdan jo‘natilgan tovarlar ularga ilova qilingan hujjatlar asosida ekspertizadan o‘tkazilganda, respublikaga olib kelingan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi hamda nomlanishi bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingankelib chiqish sertifikatlarida ko‘rsatilgan tovarga mos kelmasligi aniqlandi.

Ushbu ma’suliyati cheklangan jamiyatdan davlat byudjetiga 491,7 million so‘m miqdordagi to‘lovlar to‘liq undirib olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют