» » AQShning eng keksa universitetlaridan biri O‘zbekistonda o‘z kampusini ochishi mumkin

AQShning eng keksa universitetlaridan biri O‘zbekistonda o‘z kampusini ochishi mumkin


25-fevral kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov mamlakatdagi eng keksa universitetlardan biri Sirakuz universiteti direktori bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Ushbu xususiy tadqiqot universiteti AQShning shimoli-sharqida joylashgan Sirakuz shahrida 1870-yilda tashkil etilgan.

U.S. News & World Report nashri ma’lumotiga ko‘ra, Sirakuz univerisiteti AQShning davlat boshqaruvi va axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi uchta universitetidan biri hisoblanadi.

2018-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Sirakuz universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Uchrashuv davomida Sirakuz universitetining Toshkent shahridagi kampusining ochilishi masalasi ham muhokama qilindi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, universitet ma’muriyati mart oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyuradi va ushbu masala kengroq muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют