» » Samarqandda o‘ta xavfli retsidivist o‘z qarindoshining mashinasini olib qochdi

Samarqandda o‘ta xavfli retsidivist o‘z qarindoshining mashinasini olib qochdi


2019-yilning 19-fevral kuni soat taxminan 19:30 atrofida o‘ta xavfli retsidivist I.A. Qo‘shrabot tuman Ozod mahallasi Qoraqismoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.V.ning “Nexia” rusumli avtomashinasini olib qochgan.

Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i Zokir Ochilovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, I.A. va J.V. yaqin qarindrsh bo‘lgan. Ular birgalikda tumandagi Kuralos mahallasida joylashgan “Afsona” do‘koni yoniga kelgan. J.V. o‘t oldirish kalitini avtomashinaga qoldirib, do‘konga tushib ketganidan foydalanib I.A. mashinani olib qochib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida I.A. qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, I.A. 1995-yildan buyon Jinoyat Kodeksining turli moddalari bo‘yicha sudlanib, muntazam ravishda jazo o‘tab kelgan. Xususan, I.A. so‘nggi bor Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2016-yil 16-avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U Jinoyat Kodeksining 34-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining 2018-yil 25-avgustdagi ajrimiga asosan o‘talmay qolgan 3 yil 11 oy 21 kun jazo muddati manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

2018-yilning 2 -noyabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB 10-son Jazoni ijro etish koloniyasidan Jizzax viloyat IIB 30-son manzil koloniyaga keltirilgan. I.A. ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tab turib, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab koloniya hududidan chiqib ketib, navbatdagi o‘g‘rilikni sodir etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют