» » “Manchester Yunayted” darvozaboni Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

“Manchester Yunayted” darvozaboni Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi


Argentina terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” darvozaboni Serxio Romero yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Manchester Evening News xabar berdi.

Futbolchi 60 soniya ichida maydon markazidan boshqalarga nisbatan ko‘p gol urib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Ginnesning rekordlar kitobi vakili Adam Braunning aytishicha, faqatgina maydonning markazidan berilgan zarbalar hisobga olingan. Tabiiyki, zarbalar bo‘sh darvoza tomon berilgan.

Romerodan tashqari “Manchester Yunayted”ning boshqa o‘yinchilari ham rekordni yangilashga urinib ko‘rdi. Lekin argentinalik darvozabon 20 ta gol urib, hammadan o‘zib ketdi.

“Qizillar” himoyachisi Fil Jons darvozani 19 marta ishg‘ol qilib, 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yarim himoyachi Ander Errera 14 ta gol bilan 3-pog‘onani band qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют