» » “Real Madrid”—“Barselona”. La Liga 26-tur bahslari anonsi

“Real Madrid”—“Barselona”. La Liga 26-tur bahslari anonsi


1-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 26-turiga start berildi.

Turning dastlabki o‘yini “Rayo Valyekano” hamda “Jirona” klublari qarshiligi ostida kechdi. Uchrashuvning 30 va 85-daqiqalarida Kristian Stuanining kiritgan gollari “Jirona”ga g‘alaba keltirdi.

3-mart, shanba kuni musobaqa jadvalida 5-o‘ringa tushib qolgan Pablo Machin qo‘l ostidagi “Sevilya” klubi safarda “Ueska” bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Shu kuni mazkur turning markaziy o‘yini “Santyago Bernabeu” stadionida kichadi. Unda ikki azaliy raqib “Real Madrid” hamda “Barselona” klublari o‘zaro jang qiladi. To‘qnashuv tungi vaqt bilan 00:45 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” 27-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida Kataloniya klubiga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

3-mart, yakshanba kuni 50 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” mehmonda “Real Sosyedad”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin 22:30 da boshlanishi belgilangan.

25-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

26-tur bahslari

1-mart, juma

Gollar: 0:1 — 30 Stuani, 0:2 — 85 Stuani

2-mart, shanba

3-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют