» » O‘zbekiston Prezidenti Amu-Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi va Buxoro uzumzorlari rejasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Amu-Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi va Buxoro uzumzorlari rejasi bilan tanishdi


Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amu-Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 25-avgustdagi qaroriga muvofiq “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu kungacha Quyi mozor, Qorako‘l va Olot nasos stansiyalari rekonstruksiya qilindi.

Umumiy qiymati 406 million dollardan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha doirasida Amu-Buxoro-I yangi nasos stansiyasi quriladi, Amu-Buxoro-II, Quyi Mozor, Qiziltepa va Qiziltepa-I nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi.

Buning samarasida Buxoro viloyatida 275 ming, Navoiy viloyatida 40 ming gektar yer suv bilan barqaror ta’minlanadi. Yiliga 134,2 million kilovatt elektr energiyasi, 25,6 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i tejaladi.

Prezidentimiz bu irrigatsiya tizimi Buxoro uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, ajratilgan mablag‘ va texnikalardan oqilona foydalanish, belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerning o‘zida joriy yilda Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan intensiv mevazor va uzumzorlar rejasi ham namoyish etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 21:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют