» » Tramp amerikalik talabaning o‘limi uchun Shimoliy Koreya javobgar ekanini tan oldi

Tramp amerikalik talabaning o‘limi uchun Shimoliy Koreya javobgar ekanini tan oldi


Donald Tramp 22 yoshli amerikalik talaba Otto Uormbirning o‘limiga Shimoliy Koreya javobgar ekanini tan oldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Bu haqda AQSh prezidenti Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. “Albatta, men Shimoliy Koreyani Otto bilan salbiy munosabatda bo‘lganlik uchun va uning o‘limiga javobgar deb bilaman. Eng muhimi, u bekorga o‘lib ketgani yo‘q. Otto va uning oila a’zolari uzoq vaqt kuchli his-tuyg‘u va kuch-quvvat ramzi bo‘lib qoladi. Men Ottoni yaxshi ko‘raman va u haqda ko‘p o‘ylayman”, — deb ta’kidlagan Tramp.

Shu bilan birga, Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inni AQSh fuqarosining o‘limi uchun javobgar deb atamadi.

Avvalroq Tramp ozod etilishi bilan vafot etgan amerikalik talabaga Shimoliy Koreya qamoqxonasida salbiy munosabatda bo‘lishganini Kim Chen In bilmaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Pxenyan Shimoliy Koreyadagi mehmonxonada targ‘ibot plakatidan bir bo‘lak yirtib olgani uchun 15 yilga hukm qilingan Otto Uormbirni AQShga qaytargan edi. U ozod qilingan vaqtda koma holatida bo‘lgan. Amerikalik shifokorlarning ma’lum qilishicha, yigit og‘ir bosh suyak-miya shikastlanishini boshidan o‘tkazgan. Talaba qiynoqqa solingani borasidagi ayblovlarni Shimoliy Koreya asossiz deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir: Tibbiy ekspertiza Otto Uormbirning o‘limi sababini aniqlay olmadi. U KXDRdan qaytgach, bir haftadan so‘ng vafot etgan edi, Shimoliy Koreya amerikalik talaba qiynoqqa solinganini inkor qildi, KXDR qamoqxonasidan chiqib vafot etgan amerikalik talabaning oilasi 1 mlrd dollar tovon puli talab qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют