» » Oliy Majlisning to‘rt deputati vakolati muddatidan avval tugatildi. Ulardan biri Prezident davlat maslahatchisi, boshqasi esa vazir etib tayinlangan

Oliy Majlisning to‘rt deputati vakolati muddatidan avval tugatildi. Ulardan biri Prezident davlat maslahatchisi, boshqasi esa vazir etib tayinlangan


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to‘rt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qildi. Hujjatlar matni MSK saytida e’lon qilingan.

Jumladan, 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Turg‘unov O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgan.

18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, 66-Yangiyer saylov okrugidan saylangan Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют