» » Yulduz Turdiyeva 50 mln so‘mdan ortiq pul sarflab, albom taqdimotini o‘tkazdi (foto va video)

Yulduz Turdiyeva 50 mln so‘mdan ortiq pul sarflab, albom taqdimotini o‘tkazdi (foto va video)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad albom taqdimotidan foto- va videoreportaj tayyorladi.

Albom taqdimotida o‘zbek estradasi va kino olamining taniqli vakillari mehmon bo‘lgan.

Men bu kunni juda ham uzoq kutdim. Har bir san’atkorning ijodiy kechasida, konsert dasturida: “Shu kun menga qachon nasib qilar ekan”, deya niyat qilar edim, nasib qilgani bugun ekan, ming bor shukr.

Yulduz Turdiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Yulduz Turdiyeva “Albom taqdimoti o‘tkazishdan nima foyda?”, degan savolga quyidagicha javob berdi.

To‘g‘risini aytaman, nazar solsam, faqat to‘ydan boshim chiqmagan ekan. To‘yma-to‘y yuravergan ekanman. To‘yni o‘zini ijod deb o‘ylabman. Bu albom taqdimotini o‘tkazishdan hech qanday maqsadim yo‘q, hech kimga hech  nimani isbotlamoqchi emasman.

Yulduz Turdiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Yulduz Turdiyeva mazkur kechada “San’atdan baxtini topganlar”, “O‘zgancha tanovar”, “Sevgi”, “Meni unut”, “Samarqand-u Buxoro”, “Garabag‘”, “Dardi ishq”, “Oh kimga yomon”, “Ona, men keldim degin” singari qo‘shiqlarni ijro etdi. Kechada Yulduz Turdiyeva to‘liq jonli ijroda kuyladi.

Yulduz Turdiyeva Feruz Muhammadga bergan intervyusida 2019-yilning kuzida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida to‘liq jonli ijroda yakkaxon konsert dasturini taqdim etishini ham ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...