» » O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq to‘lash tizimiga o‘zgarishlar kiritildi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq to‘lash tizimiga o‘zgarishlar kiritildi


Hukumatning “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 28-fevral kuni o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram‘dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, elektr energiyasi shartnomada ko‘rsatilganidan 5 foizdan ko‘p iste’mol qilinganda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ilgari ushbu to‘lov bir yarim baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi va gaz yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Bunda, hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq to‘laydigan iste’molchilar hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni ko‘rsatib 5 kun oldin Byuroga murojaat qilishlari lozim. Ilgari faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar o‘zgargan taqdirda iste’molchilar avans tariqasida to‘langan to‘lov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda, maishiy iste’molchilar esa — keyingi 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod etiladi. Ilgari bu muddat 12 oyni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют