» » Pop tumanida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi

Pop tumanida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi


Namangan viloyatining Pop tumanida Xalq banki boshqaruvi raisi Abdurasul Abdullayev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Uchrashuvda tuman sektorlari rahbarlari, tuman faollari, tuman mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tegishli tashkilot rahbarlariga “Har bir oila – tadbirkor”davlat dasturining mazmun-mohiyati, bu borada tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Pop tumanida istiqomat qilayotgan aholining bandligini ta’minlash, turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2019-yildan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 100,0 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Mazkur mablag‘lar hududdagi aholiga parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, issiqxona, shuningdek, boshqa turdagi tadbirkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishi uchun imtiyozli foizlarda kredit sifatida beriladi.

Tadbir so‘nggida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va biriktirilgan ma’sul xodimlarga tuman aholisi bilan birma-bir suhbatlashib, ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli, tanlangan tadbirkorlik yo‘nalishlarida ishlatishlari bo‘yicha doimiy ish tashkil etib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Namangan viloyatida amalga oshiriladigan “Obod qishloq” dasturi uchun 50 million dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют