» » O‘zbekistonda “Oila ensiklopediyasi” va “Xotin-qizlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi

O‘zbekistonda “Oila ensiklopediyasi” va “Xotin-qizlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi


“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Oila ensiklopediyasi” hamda “Xotin-qizlar ensiklopediyasi” kitoblarini nashrdan chiqardi.

“Oila ensiklopediyasi”da oila institutining yosh avlodni ma’nan kuchli, aqlan yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdagi roli va ahamiyati, oiladagi shaxslararo munosabatlarning turlari to‘g‘risidagi ma’lumot keltirilgan.

Sog‘lom psixologik muhitni tarkib toptirishda ota-onalarning huquqiy, ma’naviy, tibbiy, iqtisodiy, psixologik bilimlarini farzand tarbiyasida qo‘llay olish choralari haqida tavsiyalar berilgan.

Mazkur ensiklopediyalarni keng omma e’tiboriga taqdim etish maqsadida 5-mart kuni O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taqdimot marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют