» » Toshkentda yolg‘iz bolasi bilan tilanchilik qilishga majbur bo‘lgan ayolga Namangandan uy berildi (video)

Toshkentda yolg‘iz bolasi bilan tilanchilik qilishga majbur bo‘lgan ayolga Namangandan uy berildi (video)


Toshkent shahar IIBB multimedia markazining xabar berishicha, bundan bir oy avval ichki ishlar xodimlari “Xoja Ahror Valiy” masjidi yonida yosh bolasi bilan o‘tirgan Muyassar ismli ayolning vaziyatini o‘rganib unga yordam bergan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha kun bolasi bilan ko‘chada qolib ketgan, bekatlarda tunashga majbur bo‘lgan, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Shundan so‘ng, ayolning farzandi Toshkent shahar onkologiya shifoxonasiga joylashtirilgan, ayolning nomiga plastik kartochka ochilgan, unga imkon qadar moddiy yordam ko‘rsatildi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Xotin-qizlari qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ham mazkur ayol bilan uchrashib, unga boshpana topishda ko‘mak berilishini ma’lum qilgan.

Natijada Xotin-qizlar qo‘mitasi yordami bilan ayolga Namangan shahridan bir xonalik uy berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют