» » Istanbulda qulagan vertolyot ichida bo‘lganlarning bari — yetti kishi halok bo‘ldi

Istanbulda qulagan vertolyot ichida bo‘lganlarning bari — yetti kishi halok bo‘ldi


Istanbulda qulagan vertolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda, “Kommersant” xabariga ko‘ra, Istanbul meri Qodir To‘pbosh ma’lum qilgan.

Avvalroq vertolyot halokati oqibatida besh yo‘lovchi halok bo‘lgani, uchuvchilar esa shifoxonaga yetkazilgani haqida xabar berilgan edi. NTV’ning aniqlik kiritishicha, shahar rahbari uchuvchilar davolashga yuborilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Avval xabar berilganidek, vertolyot halokati oqibatida Rossiyaning to‘rt fuqarosi — VitrA kompaniyasi xodimlari halok bo‘lgan. Havo kemasi Bilejekdagi ishchi uchrashuv o‘tkaziladigan manzilga yo‘l olgan edi.

Vertolyot bortida ikki uchuvchi, Turkiyaning Eczacibasi xoldingi Rossiya bo‘linmasi rahbari Salim O‘zen, shuningdek, uning mehmonlari — rossiyalik ishbilarmonlar bo‘lgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, havoga ko‘tarilganidan so‘ng vertolyot quyuq tuman ichida qolgan va ma’lum vaqtdan so‘ng teleminoraga urilgan. Zarb natijasida havo kemasi bo‘laklarga bo‘linib, so‘ng yonib ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 22:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют