» » La Liga. “Real” yana o‘z maydonida “Barselona”ga yutqazib qo‘ydi (video)

La Liga. “Real” yana o‘z maydonida “Barselona”ga yutqazib qo‘ydi (video)


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida 4 ta o‘yin yakunlandi.

Pablo Machin qo‘l ostidagi “Sevilya” klubi safarda “Ueska” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Xuanpi hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib Vissam Ben-Yedder hisobni tenglashtirdi. Bellashuvning so‘nggi daqiqalarida Ezekiel Avila “Sevilya” darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinga nuqta qo‘ydi (2:1).

Shu tariqa “Sevilya” safarda kechgan o‘yinda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchrab, 3 ochkoni qo‘ldan boy berdi

Shu kuni mazkur turning markaziy o‘yini “Santyago Bernabeu” stadionida kechdi. Unda ikki azaliy raqib “Real Madrid” hamda “Barselona” klublari o‘zaro jang qildi.

Bellashuvning 26-daqiqasida Ivan Rakitich tomonidan kiritilgan gol kataloniyaliklarning g‘alabasini ta’minladi va jamoa 3 ochkoga ega bo‘ldi.

La Liga

26-tur bahslari

2-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 1 Iglesias, 1:1 — 17 Alkaras, 2:1 — 55 Ermoso, 3:1 — 65 Li Vu

Gollar: 0:1 — 54 Maripan, 1:1 — 61 Kasorla, 1:2 — 77 Inui

Gollar: 1:0 — 7 Xuanpi, 1:1 — 84 Ben Yedder, 2:1 — 90 Avila

Gol: 0:1 — 26 Rakitich

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro (Isko, 75), Vinisius Junior, Kroos (Valverde, 55), Beyl (Asensio, 61), Benzema

“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Pike, Serji Roberto, Langle, Rakitich, Artur (Vidal, 71), Buskets (Semedu, 90), Dembele (Koutinyo, 78), Suares, Messi

Ogohlantirishlar: Buskets (2), Ramos (61), Lengle (63), Asensio (82), Karvaxal (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют