» » Liga 1. Mbappe PSJga g‘alaba keltirdi, Falkao esa “Monako”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Liga 1. Mbappe PSJga g‘alaba keltirdi, Falkao esa “Monako”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 27-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Tomas Tuxel boshqaruvidagi PSJ jamoasi safarda “Kan” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 56-daqiqasida Rodrig Kazimir Ninga hisobni ochgan bo‘lsa, PSJ to‘purari Kilian Mbappe 59 va 87-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu kuni Leonardu Jardim boshliq “Monako” mehmonda “Anje”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 22 va 45-daqiqalarida Flavyen Tait mehmon jamoa darvozasini 2 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Monako” bunga Radamel Falkaoning dubli bilan javob qaytardi (49—80-daqiqalar).

Shu tariqa “monegasklar” safarda “Anje”ga qarshi kechgan o‘yinda durang natija qayd etdi.

Liga 1

27-tur bahslari

2-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 56 Ninga, 1:1 — 59 Mbappe, 1:2 — 87 Mbappe

Gollar: 1:0 — 22 Tait, 2:0 — 45 Tait, 2:1 — 49 Falkao, 2:2 — 80 Falkao

Gol: 0:1 — 39 Konate, 0:2 — 44 Abdulhamid, 1:2 — 70 Dia, 2:2 — 84 Kafaro

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 155) ( 0) ( 154) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют