» » Peterburgga parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti “Pulkovo” aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

Peterburgga parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti “Pulkovo” aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi


2-mart kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da Uzbekistan Airways‘ning Toshkent — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan Boeing-767 “Pulkovo” aeroportiga qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Havo kemasi shikastlanmadi, yo‘lovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish talab etilmadi. Hodisaga ob-havo sharoitlari va uchish-qo‘nish yo‘lagi holati sabab bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda.

Samolyot bortida 241 nafar yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Hodisa sabab HY632/02MAR19 reysining uchirilishi vaqti ko‘chirildi. Aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi ushbu reys yo‘lovchilarini mehmonxonada joylashtirish chorasini ko‘rdi.

Rossiya tergov qo‘mitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют