» » Farg‘onada 38 mln so‘mlik cho‘g‘lanma lampochkalarni olib kirishga urinishning oldi olindi

Farg‘onada 38 mln so‘mlik cho‘g‘lanma lampochkalarni olib kirishga urinishning oldi olindi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Quvasoy shahrining chegaradosh hududida Lacetti, Nexia va 2 ta Spark avtomashinalarini to‘xtatib tekshirishganida dastlab yuk egalari L.Mamajonov, A.Sattorov, J.Xoliqov, I.Yusupov voqea joyidan qochib, yashirindi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida ularning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Avtomashinalar saloni va yukxonasi, shuningdek, ushbu qishloqda istiqomat qiluvchi E.Oxunovning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qonunbuzarlar bojxona nazoratini chetlab o‘tib, aylanma yo‘llar orqali qiymati 38,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 17 ming donadan ortiq elektr lampochkalarini noqonuniy olib kirishga urinishgani fosh bo‘ldi.

Mazkur elektr cho‘g‘lanma lampochkalarining quvvati 100 va 150 vatt bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab ularni realizatsiya qilish taqiqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayoni davom etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 22:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют