» » OAV: FQB Trump Organization va Alfa-bank serverlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishni qaytadan boshladi

OAV: FQB Trump Organization va Alfa-bank serverlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishni qaytadan boshladi


AQSh Federal qidiruv byurosi prezident Donald Trampning Trump Organization kompaniyasi va Alfa-bank (Rossiya) serverlari o‘rtasida qayd etilgan faollikni tekshirishga qaytadan kirishdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

CNN manbalarining ma’lum qilishicha, FQB serverlar orasidagi faollikning “g‘alati” ekanligiga ishonchi komil, biroq bu aloqalarning ahamiyatiga hozircha aniqlik kiritilmagan. Hozirda tekshiruv bilan Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga ehtimoliy aralashuvini o‘rganayotgan kontrrazvedka bo‘linmasi shug‘ullanmoqda.

FQB ma’lumotlariga ko‘ra, Alfa-bankning ikki serveri orqali Trump Organization serverlariga 2,7 mingdan ortiq xabar jo‘natilgan. Oldinroq bunga spam yoki elektron pochta orqali yuborilgan marketing sifatida qaralgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 23:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют