» » “Miss Olmаota—2019” tanlovining final ishtirokchilari aniqlandi (foto)

“Miss Olmаota—2019” tanlovining final ishtirokchilari aniqlandi (foto)


“Miss Olmаota-2019” tanlovining 20 nafar final ishtirokchilari aniqlandi. Qizlar 7-aprel kuni asosiy go‘zallik toji uchun bellashadi, deya xabar beradi “Nur.kz”.

Tanlovning baxtli g‘olibi Qozog‘istondan “Miss Qozog‘iston” va “Miss Koinot” xalqaro tanloviga yo‘l oladi.

Abisheva Diana, 16 yosh, qozoq, bo‘yi 180 santimetr.

Vokal bilan shug‘ullanadi, fransuz va ingliz tilini o‘qigan. Modellik shoularida ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: tajriba orttirish, yaxshi odamlar bilan muloqotda bo‘lishni o‘rganish, g‘alaba qozonish, har doim yangi narsalarga tayyor bo‘lish.

Sundetkaliyeva Nazira, 22 yosh, qozoq, bo‘yi 175 santimetr.

Dekorativ va amaliy san’at kolleji o‘quvchisi. Ingliz tilini o‘rganadi. U raqs bilan shug‘ullanadi, rassomchilik va tikishni yaxshi ko‘radi.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: kuchini sinab ko‘rish va birinchi bo‘lishga intilish.

Nurgaziy Dameli, 21 yosh, qozoq, bo‘yi 178 santimetr.

Iqtisodiyot universiteti talabasi. Ingliz tilini o‘rganadi, vokal bilan shug‘ullanadi. Faol va tirishqoq.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: “Olmota-2019”da g‘alaba qozonish!

Nogayeva Sabina, 17 yosh, qozoq, bo‘yi 174 santimetr.

Maktab bitiruvchisi. Ingliz tilini o‘rganadi. Bolaligidanoq aktyorlik, qo‘shiq va raqsga qiziqadi.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: o‘ziga bo‘lgan bahosini ko‘tarish, zamonaviy qiz uchun muhim fazilatlarni namoyish qilish.

Nadirova Sayyar, 22 yoshda, uyg‘ur, bo‘yi 175 santimetr.

Universitet talabasi, 5-kurs. Ingliz tilini o‘rganadi, raqsga tushishni yaxshi ko‘radi. “Uyg‘ur G‘oziliy—2018” tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Mas’uliyatli, ochiq va juda kirishuvchan.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: tojni olish.

Muktarova Madina, qozoq, 18 yosh, bo‘yi 175 santimetr.

Talaba. Ingliz tilini o‘rganadi. U video va fotograflikka qiziqadi. Vokal, raqs, yoga bilan shug‘ullanadi. Modellik tanlovlarida ishtirok etadi. Ijodkor.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: dunyodagi har bir qiz o‘zicha chiroyli ekanligini isbotlash.

Qurbonova Sabina, 21 yosh, uyg‘ur, bo‘yi 170 santimetr

Balet raqqosasi. Turk tilini o‘rganadi. Mas’uliyatli va kirishuvchan.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: bolalikdagi orzusi.

Doroshenko Mariya, 22 yoshda, rus, bo‘yi 170 santimetr

Talaba, ixtisosligi pianino. Aktyorlik mahoratini o‘rgangan. U snoubording, velosportni yaxshi ko‘radi, xayriya tadbirlarida ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: o‘zini shaxs sifatida namoyon etish, natijalarga erishish, g‘alaba qozonish.

Amirova Ayim, 17 yosh, qozoq, bo‘yi 180 santimetr.

Hamshiralik kursida talaba. Turk va ingliz tillarini o‘rganadi. U musiqa maktabida, vokal va pianinoda o‘qiydi. Modellik maktabini tugatgan. U kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi, tibbiyotga qiziqadi, bir vaqtning o‘zida pianino chalishni va qo‘shiq ijro etishni yaxshi ko‘radi.

Tanlovda ishtirok etishdan maqsad: ushbu tanlovga 3 yil tayyorlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют