» » Eng yangi SpaceX kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tutashdi

Eng yangi SpaceX kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tutashdi


SpaceX kompaniyasining bortida “O‘zga sayyoralik” (“Chujoy”) filmi personaji Ellen Riplining manekeni bo‘lgan birinchi xususiy boshqariluvchi Crew Dragon kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli borib tutashdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

AP xabarida ta’kidlanishicha, agar missiya muvaffaqiyatli kechsa, SpaceX 2019-yil yozidayoq NASA tijoriy dasturi doirasida kemaning bortida ikki kosmonavtni yubora olishi mumkin.

Avvalroq SpaceX rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasiga uchuvchisiz harakatlanadigan Crew Dragon kosmik kemasini, shuningdek, uning kabinasidan olingan kadrlarni joylagan edi.

Demo Mission-1 nomini olgan ushbu missiya debyut bo‘lib, boshqarilmaydigan rejimda kechmoqda. Kelgusida esa bu kema boshqariluvchi rejimda ham qo‘llanilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют