» » Namanganda zamonaviy urug‘chilik korxonasi tashkil etiladi

Namanganda zamonaviy urug‘chilik korxonasi tashkil etiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Namangan momiq sochiqlari” MChJ ta’sischiligida Mingbuloq tumanidagi “Art soft tex claster” fermer xo‘jaligi negizida paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini tayyorlovchi zamonaviy urug‘chilik korxonasi tashkil etilishi rejalashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha qiymati 8,5 million AQSh dollarini tashkil qilib, uning doirasida 130 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

“Art soft tex claster” korxonasida urug‘likni tayyorlash uchun Mingbuloqva Pop tumanlaridagi barcha urug‘chilik xo‘jaliklari bilan urug‘lik yetishtirish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, “Art soft tex claster” MChJning urug‘chilik korxonasi urug‘larini qabul qilish, tozalash, saralash, kalibrlash, dorilash, qadoqlash va saqlash hamda sifatini aniqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiya va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, “Art soft tex claster” MChJning urug‘chilik korxonasiga ulush sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi DUKning Mingbuloq tumanidagi urug‘lik chigit tayyorlash sexi kiritiladi.

“Art soft tex claster” urug‘chilik korxonasida urug‘larni yetishtirish jarayoni ilmiy yondashuv orqali amalga oshirilib, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishidagi 8 ta ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatiladi. Shuningdek, korxonaga besh nafar yosh olim biriktiriladi.

2019-yilda “Art soft tex claster” urug‘chilik korxonasi tomonidan 7095 tonna sifatli urug‘lik tayyorlanadi, jumladan, urug‘lik chigit — 1845, urug‘lik bug‘doy — 5000, boshqalar — 250 tonna. Korxona tomonidan 1,5—2,0 ming tonna urug‘ eksportga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют