» » Xitoyda ichida “abadiy yashash eliksiri” bo‘lgan 2 ming yillik ko‘za topildi

Xitoyda ichida “abadiy yashash eliksiri” bo‘lgan 2 ming yillik ko‘za topildi


Xitoyning Xenan provinsiyasida G‘arbiy Xan sulolasi (mil. avv. 202-yil — mil. 8-yil) maqbarasini qazib o‘rganish ishlari chog‘ida arxeologlar ichida qadim zamonlarda “abadiy yashash eliksiri” deb hisoblanilgan suyuqlik saqlanib qolgan bronza ko‘zalarni topdi, deb xabar bermoqda Tengrinews CTGN’ga tayanib.

Suyuqlikning hajmi qariyb 3,5 litrga teng. Topilma 2018-yil oktabrdayoq aniqlangan, ammo olimlar dastlab uni spirtli ichimlik deb taxmin qilgan.

Laboratoriya ekspertizasidan keyin ko‘zadagi kaliy nitrati va alunit aralashmasi ekanligi aniqlandi. Ushbu o‘tlar Qadimgi Xitoyda odam umrini abadiylikkacha uzaytiruvchi asosiy ingrediyentlar hisoblangan.

Topilma abadiy umr ko‘rishga urinish bo‘yicha qadimiy usullarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют