» » IIB va Milliy gvardiya xodimlari Sergelidagi yashirin itlar jangini to‘xtatdi

IIB va Milliy gvardiya xodimlari Sergelidagi yashirin itlar jangini to‘xtatdi


So‘nggi vaqtlarda respublika va Toshkent shahri hududida hayvonlar janglari haqida turli xabarlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan haftada Facebook’dagi “GUVD: dialog s naseleniyem (Tashkent)” guruhida Karina Mirzayeva nomli foydalanuvchi Sergeli tumani hududida itlar jangi tashkil qilinganini keskin norozilik bilan xabar qilgan edi. IIBB ushbu xabar yuzasidan darhol choralar ko‘rdi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB va Milliy gvardiya xodimlari itlar jangini darhol to‘xtatdi. Ushbu tadbirni “ko‘rgazma” sifatida tashkil qilgan “O‘zbek bo‘ribosari” (uzbekskiy volkodav) jamiyati rahbariga nisbatan ma’muriy chora (jarima) qo‘llanildi.

Toshkent shahar IIBB O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, “ko‘rgazma” niqobi ostida uyushtirilayotgan hayvonlar janglariga nisbatan befarq qolmadi. Ushbu holatlarni oldini olishga nisbatan barcha choralar ko‘rilmoqda.

Undan tashqari, IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan jazo chorasini kuchaytirish taklifi bilan chiqmoqda.

Ushbu borada o‘zga mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqildi. Masalan, Rossiyada 2018-yilning 27-dekabrida “Hayvonlarga nisbatan munosabatlarda javobgarlik to‘g‘risidagi” qonun qabul qilingan edi. Unda nafaqat hayvonlar janglari uyushtirish va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, balki shu mazmundagi materiallarni tarqatish ham taqiqlangan.

AQSh qonunchiligida ham itlar janglari mutlaq taqiqlangan va ularning tashkilotchilariga nisbatan qattiq jazo choralari belgilangan. Buyuk Britaniyada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish 51 haftagacha qamoq jazosi va 20 ming funt jarima bilan jazolanadi.

Qo‘shni Qozog‘istonda esa itlar janglari faqat seleksiya maqsadlarida va faqat birinchi qon chiqquniga qadar o‘tkazilishi ta’kidlangan.

O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini taqiqlovchi qonun yo‘q, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi qonun bor. Unga ko‘ra aybdor EKIHning 0,5—2 miqdorida jazolanishi mumkin. Tajribadan ko‘rinib turibdiki, ushbu choralar shafqatsiz insonlarni to‘xtatib qola olmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют