» » “Bu axlatlar orasidan chaqaloq jasadi ham topilgan”. Yoxud Andijon tibbiyot instituti klinikasi yonidagi chiqindilar uyumiga nazar

“Bu axlatlar orasidan chaqaloq jasadi ham topilgan”. Yoxud Andijon tibbiyot instituti klinikasi yonidagi chiqindilar uyumiga nazar


Andijon davlat tibbiyot instituti qarshisida joylashgan “Isbotli tibbiyot” xususiy klinikasi yonidagi chiqindilar uyumiga nazari tushgan har bir insonning ta’bi xira bo‘lishi shubhasiz.

Ushbu manzara Andijon shahrining “Gumbaz” MFY hududidagi Oxunboboyev ko‘chasida joylashgan bo‘lib, bu yerdan har kuni yuzlab mashinalar harakatlanadi, odamlar qadami arimaydi. Ko‘chaning deyarli yarmini band qilib, uning chiroyiga “ko‘rkam”lik baxsh etib turgan mazkur holat shahar markazining gavjum maskanida ekanligi kishini yanada taajjubga soladi.

Biz axlat uyumlari to‘g‘risida shu atrofda yashovchi aholini savolga tutganimizda, ular ko‘nglidagilarini quyidagicha dasturxon qilishdi:

— Bu joyga chiqindilar 25-30 yildan beri aholi tomonidan tashlab ketiladi. Hatto axlatlar orasidan 10 yillar oldin bir chaqaloq jasadi ham topilgan. Axlatga deb uyma-uy jon boshiga 5000 so‘mdan pul yig‘ib ketishadi. Lekin maxsus mashinalar bir yoki ikki oyda bir marta keladi xolos. Biz ham ilojsizlikdan shu yerga to‘kamiz-da. Mazkur holatdan o‘zimiz ham uyatib ketamiz. Imkon qadar bu masalaga yechim topiilsa va maxsus axlat qutilari o‘rnatilsa xursand bo‘lardik, — deydi o‘zini Orifjon deb tanishtirgan fuqaro.

G‘oz va tovuqlarning sevimli makoniga aylanib ulgurgan ushbu manzaraga mutasaddilar tomonidan e’tibor qaratilib, tez kunlarda ijobiy hal etilishiga umid qilib qolamiz.

Biz bu mavzuga yana qaytamiz...

 Mirolim ISAJONOV



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют