» » 2 ta qizil kartochka, urilmagan penalti. “Napoli” o‘z maydonida “Yuventus”ga yutqazib qo‘ydi (video)

2 ta qizil kartochka, urilmagan penalti. “Napoli” o‘z maydonida “Yuventus”ga yutqazib qo‘ydi (video)


3-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turi doirasida 6 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yinida Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” jamoasi o‘z maydonida Massimiliano Allegri boshliq “Yuventus” klubi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida mezbon jamoa darvozaboni Aleks Meret qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi. 27-daqiqada jamoa hujumchisi Arkadiush Milik o‘rniga klubning asosiy darvozaboni David Ospina zaxiradan maydonga tushdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib Miralem Pyanich hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqaga kelib Emre Jan Federiko Bernardeskining uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

2-bo‘limning 47-daqiqasida Miralem Pyanich ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. O‘yin yakuniga qadar jamoalar 10 kishidan bo‘lib harakat qildi.

Neapolliklar “Yuventus”ning ikkita goliga Xose Kalyexonning 61-daqiqada kiritgan goli bilan javob qaytardi.

Qayd etish joiz, 84-daqiqada “Napoli” yetakchisi Lorenso Insinye penaltidan unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa Turin klubi qiyin kechgan o‘yinda “Napoli”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1) va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

26-tur bahslari

3-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 76 Belotti, 2:0 — 90+2 Rinkon, 3:0 — 90+3 Zaza

Gollar: 1:0 — 25 De Paul, 1:1 — 39 Palasio, 2:1 — 79 Pussetto

Gollar: 0:1 — 4 Kvalyarella, 0:2 — 11 Kvalyarella, 1:2 — 90 Kurtich

Gollar: 0:1 — 3 Muryel, 1:1 — 28 Ilichich, 2:1 — 34 Gomes, 3:1 — 59 Gosens

Gollar: 0:1 — Pyanich, 0:2 — 39 Jan, 1:2 — 61 Kalyexon

“Napoli”: Meret, Malkuit (Mertens, 46), Maksimovich, Kulibali, Xysay, Kalyexon (Ounas, 78), Allan, Fabian, Zelinski, Insinye, Milik (Ospina, 27)

“Yuventus”: Shesni, Kanselu (De Shilyo, 61), Kyellini, Bonuchchi, Sandro, Jan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Dibala, 85), Ronaldu, Manjukich (Bentankur, 74)

Ogohlantirishlar: Pyanich (34, 47), Kanselu (54), Maksimovich (77), Aleks Sandro (83), Kulibali (86), Allan (89), Bentankur (89), Dibala (90)

Chetlatishlar: Meret (25), Pyanich (47)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют