» » Jorjiyada to‘rt metrlik alligator topildi (foto)

Jorjiyada to‘rt metrlik alligator topildi (foto)


Jorjiya shtatining Tabiiy resurslar departamenti vakillari Bleksher ko‘li yaqinidagi sug‘orish kanalidan uzunligi to‘rt metr, og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan alligator topilganini ma’lum qildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

“Mana alligatorlarga nisbatan dasturning natijasi. Ular shunday hajmgacha o‘sishi mumkin. Alligatorlarning bunday kattalikka yetishining yagona yo‘li odamlarni chetlab o‘tishdir”, — deydi Departament vakili Melissa Kammings.

Hayvon shu darajada katta bo‘lganidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari suratning haqiqiyligiga shubha qilgan. Ammo Departamentning rasmiy suratida reptiliya yonida o‘tirgan yovvoyi tabiat biologi Brent Xauz suratning haqiqiy ekanligini ta’kidlagan.

Alligatorni 25-fevral kuni mahalliy aholidan biri ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng Xauzni u yerga chaqirtirishgan.

Xauzning so‘zlariga ko‘ra, alligator ular kutganidan ham kattaroq bo‘lgani uchun uni kanaldan chiqarib olishga ancha vaqt ketgan. Afsuski, alligator sog‘lig‘i yomon bo‘lib, uning tanasidan eski o‘q izlari topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют