» » AQShning Alabama shtatida tornado qurbonlari soni 22 kishiga yetdi

AQShning Alabama shtatida tornado qurbonlari soni 22 kishiga yetdi


4-mart kuni AQShning Alabama shtatidagi Li okrugiga yopirilgan tornado qurbonlari soni 22 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Okrug sherifi Jey Jonsga ko‘ra, ular orasida bolalar ham bor va qurbonlar soni ortishi mumkin.

Biroq qutqaruvchilar halokat qoldiqlarining ko‘pligi va quyuq qorong‘ulik tushgani sababli tunda jabrlanganlarni qidirishni vaqtinchalik to‘xtatgan. Qidiruv ishlari kun yorishishi bilan davom ettiriladi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Li okrugi va shtatning boshqa tumanlarida 10 mingga yaqin aholi elektrsiz qolgan.

Aeroportdagi samolyotlar joyidan siljigani ham shamolning kuchli bo‘lganidan dalolat beradi.

Mavzuga doir: AQShning Alabama shtatida 14 kishi tornado qurboni bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют