» » Huawei asoschisining qizi hibsga olingani uchun Kanada hukumatini sudga berdi

Huawei asoschisining qizi hibsga olingani uchun Kanada hukumatini sudga berdi


Kanadada hibsga olingan, Xitoyning Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori, kompaniya asoschisining qizi Men Vanchjou konstitutsiyaviy huquqlari buzilgani yuzasidan Kanada federal hukumati, chegara xizmati agentligi (CBSA) va Kanada qirollik otliq politsiyasiga qarshi sudga da’vo arizasi topshirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Da’vo arizasiga ko‘ra, CBSA xodimlari Men Vanchjou barcha huquqlari va rasmiyatchilikka amal qilinib hibsga olinishigacha “oddiy chegara nazorati ko‘rinishi ostida” uni ushlab, tintuv va so‘roq qilgan.

Men Vanchjou, shuningdek, chegara xizmatidan “xizmat mavqeini suiiste’mol qilganlik va qonunga zid ravishda ozodlikdan mahrum qilganlik uchun” kompensatsiya talab qilmoqda.

Huawei moliyaviy direktori Kanadada AQSh so‘rovi va AQShning Eronga qarshi sanksiyalariga amal qilmaslik gumoni bilan 2018-yil dekabrda hibsga olingan.

Yanvarda AQSh Huawei va Men Venchjouga umumiy hisobda 23 ta band bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlar bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют