» » Samarqand shahri hokimi o‘rinbosari viloyatning bosh arxitektori lavozimiga tayinlandi

Samarqand shahri hokimi o‘rinbosari viloyatning bosh arxitektori lavozimiga tayinlandi


Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Bobur Elmurodov Samarqand viloyat bosh arxitektori lavozimiga o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Shu vaqtga qadar Samarqand viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Norqul Sodiqov nima sababdan ishdan olinganligi noma’lum.

Bobur Elmurodov 2017-yildan beri Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Bobur Elmurodov Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. U 2013—2015-yillarda Samarqand shahri bosh arxitektori lavozimida ham ishlagan. 2015—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida turli lavozimlarda ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют